Mahalliy avtomobil bozorida sotuvlar yil boshidan beri jadallik bilan o‘sdi. Bu haqda iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlildan ma’lum bo‘ldi.
2022 yil fevral oyida 128,4 ming dona avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu o‘tgan yilning fevral oyiga (51,5 ming) nisbatan 149,2 foizga va 2020 yil yanvar oyiga (57,5 ming) nisbatan esa 123,2 foizga ko‘paydi.
Ekspertlar avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish sonining jadallik bilan o‘sishini o‘tgan oydan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi bilan izohlamoqda.
Bundan tashqari oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun undiriladigan davlat bojini bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida belgilanishi ham bunga sabab bo‘lgan.
Jumladan, O‘zbekistonga avtotransport vositalarini sotib olish yoki vaqtinchalik olib kirishda to‘lanadigan yig‘im 2022 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga asosan bekor qilindi.
Foto: Ro‘yxatga olingan va qayta ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar sonini o‘zgarishi
Joriy yilning fevral oyida birlamchi bozordan sotib olingan avtomobillar soni 28,8 ming donani tashkil etdi. Avtomobil savdosi yanvar oyiga nisbatan 3,2 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda ushbu ko‘rsatkich 99,6 ming donani tashkil etdi (o‘sish 16,8 foiz).
Yangi avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishlar soni o‘tgan oyga nisbatan Toshkent (63,2 foiz), Qashqadaryo (38,1 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (15,9 foiz) sezilarli darajada oshgan bo‘lsa, Sirdaryo (-27,8 foiz), Farg‘ona (-22,3 foiz), Namangan (-16,9 foiz), Buxoro (-6,2 foiz) ga nisbatan), Surxondaryo (-6,1 foiz), Samarqand (-4,8 foiz), Jizzax (-1,9 foiz) viloyatlari va Toshkent shahrida (-6,6 foiz) kamayish kuzatildi.
Foto: Birlamchi va ikkilamchi bozorlarda sotilgan avtomobillar
Ikkilamchi bozordan sotib olingan avtotransport vositalarini rasmiylashtirishlar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar Samarqand — 12,5 ming (yanvar oyida - 9,7 ming), Farg‘ona — 11,8 ming (9 ming), Andijon — 10,2 ming (7,2 ming), Namangan — 9,4 ming (8,1 ming), Qashqadaryo — 8,3 ming (6,4 ming) viloyatlari va Toshkent shahri — 11,7 ming (13,6 ming) bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
KXDR - O‘zbekiston: Futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishing