O‘zbekiston 2022 yilning yanvar—fevral oylarida 18 ta xorijiy davlatdan qiymati 124,5 million dollarga teng 5 ming 948 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 ming 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.
O‘zbekiston fevral oyida 2 911 ta yengil avtomobil import qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning yanvar—fevral oylarida O‘zbekiston 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,9 million dollarlik 228 ta elektromobil import qilgan. Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 150 taga oshgan. 2021 yilning dastlabki 2 oyida 85 ta elektromobil import qilingan edi. 2020 yilning xuddi shu davrida O‘zbekistonga atigi 7 dona elektromobil import qilingan. Mos davr uchun so‘ngi ikki yilda elektromobil importi 32 barobarga oshdi.
Avvalroq O‘zbekistonda chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillarning sotuv hajmi oylar kesimida ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, so‘nggi uch oyda chet elda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sotuvi keskin oshgan. Oxirgi 14 oy ichida eng yuqori ko‘rstakich dekabrda qayd etilgan — 2411. Dekabr oyida «inomarkalar» sotuvi noyabrga qaraganda qariyb ikki barobar oshgan.
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra import avtomobillari uchun bojxona boji 2 barobarga qisqartirilgani haqida xabar berilgan edi. «Aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oshirish bo‘yicha amaliy natijalarni hozir kutmoqda», — degan edi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?