Foto: «Avtonov»
Janubiy Koreyada yangi mashinalar xaridi bo‘yicha buyurtmalarni bajarish 1,5 yilga cho‘zilib ketdi. Bu haqda «The Korea Times» gazetasi yozdi.
Mamlakatda buyurtma olinib, yetkazib berilmagan yangi mashinalar taqchilligi (soni) 1 milliontaga yetdi, sababi — butlovchi qismlar yetkazishdagi uzilishlar va zavodlarning (asosan Hyundai va Kia) to‘xtab qolgani.
Janubiy Koreyada 2021 yil boshida yangi mashinalar taqchilligi 100 mingta atrofida edi.
Urushga tortilgan Ukrainadan Koreyaga avtomobillar simlarining qoplamalari kelishi taqqa to‘xtadi, ayni shu sababli Yevropadagi ayrim avtomobilsozlar ham jabr ko‘rdi. Xitoyda davom etayotgan lokdaunlarga qo‘shilib, Janubiy Koreyaga atalgan ayrim butlovchi qismlarning yo‘llari ham yopildi.
Hyundai Motor va Kia 2021 yilda jahon bozorida 6,66 mln dona avtomobil sotgandi, ichki bozordagi bu ahvol bilan joriy yilgi 7,47 millionta mashina sotish rejasi chippakka chiqadigan ko‘rinadi.
Mart oyida Kia 26 mingta kam avtomobil ishlab chiqardi. Shundan 19 mingtasi Osiyo chiplari, 7 mingtasi simlarga qoplamalar yo‘qligidan chala qoldi. Koreys kompaniyasining AQSH, Meksika, Slovakiya va Hindistondagi zavodlari ham butlovchi qismlar yetishmasligi vajidan 14 mingta kam avtomobil chiqardi.
Global dunyo degani shu: Ukrainadagi urush, Xitoydagi pandemiyaning Janubiy Koreyadagi avtozavodlarga ta’siri o‘zbek avtohavaskorlarining cho‘ntaklarida ham aks-sado berdi — Kia va Hyundai mamlakatimizda sotayotgan mashinalarining narxlarini oshirishga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi