09:28 / 21.04.2022
1 414

O‘zbekiston avtomobillarni eksportdan ko‘ra ko‘proq import qilishda davom etmoqda

O‘zbekiston avtomobillarni eksportdan ko‘ra ko‘proq import qilishda davom etmoqda
O‘zbekiston yanvar—mart oylarida 189,3 million dollarlik avtomobillar import qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 barobar ko‘pdir. Shu davrda avtomobillar eksporti esa 43,8 million dollarni tashkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan 54,6 foizga kam.

UzAuto Motors yil boshidan beri ishlab chiqarish hajmini oshirdi, lekin navbatlar 31 dekabrgacha cho‘zilgan.

O‘zbekistonda 2022 yilning birinchi choragida Cobalt va Lacetti eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘ldi.

Uch oy ichida UzAuto Motors 68 905 dona avtomobil, shundan 19 192 ta Cobalt va 19 439 ta Lacetti ishlab chiqargan.
Biroq aynan mana shu ikkala modelga eng ko‘p navbatlar yuzaga kelmoqda. Bu Uzavtosavdo ilovasida qayd etilgan.

Cobalt’ning ikki xil pozitsiyasi uchun hozir 15 mingdan ortiq odam navbatda turibdi — avtomobilni, taxminan, noyabr oyining oxirida olish mumkin bo‘ladi. Lacetti’ning 4 ta pozitsiyasi uchun esa hozirda 25 mingga yaqin odam navbatga yozilgan — avtomobilni, taxminan, 31 dekabrda olish mumkin.

Hamyonbop modellar orasida Nexia modeli eng yaxshi taklif bo‘lib turibdi – ular sotuvda bor, navbatlar esa nisbatan kamroq. Avtomobil hozirning o‘zida buyurtma qilinsa, qachon olish mumkinligi noma’lum.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston avtomobillarni eksportdan ko‘ra ko‘proq import qilishda davom etmoqda