Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar

3 daqiqa o'qish1.8K
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
28 aprel kuni Kiyevga prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish keldi — xuddi shu kuni shaharga raketa hujumi amalga oshirildi. AQSH Vakillar palatasi 417 ovoz bilan (10 ta qarshi ovoz) Ukrainaga lend-liz dasturi bo‘yicha qurol yetkazib berishni ma’qulladi. Ukraina bosh prokuraturasi Buchada «tinch aholiga shafqatsiz muomalada bo‘lish va harbiy qonunlarni buzish»da gumonlangan 10 nafar rossiyalik harbiy nomini ma’lum qildi. Kiyev oblasti qishloqlarida Rossiya ishg‘oli chog‘ida halok bo‘lganlarni dafn qilish marosimlari davom etmoqda.
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish
Ukrainian Presidential Press Office via AP
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
  • 28 aprel kuni kechqurun rossiyalik harbiylar Kiyevga raketa zarbalari yo‘lladi, BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun kelgan vaqtda shaharga ikkita raketa kelib tushgan, 10 kishi jabrlangan.
  • Zelenskiy Ukraina Mariupoldan insonlarni evakuatsiya qilish uchun kechiktirib bo‘lmas muzokaralarga tayyorligi va BMTning qo‘llovidan umidvorligini ma’lum qildi.
  • Amerika nashrlari manbasi Donbass regionida rossiyalik harbiylarning harakati Ukraina kuchlari qattiq qarshilik ko‘rsatayotgani uchun, bundan tashqari logistikadagi muammolar tufayli «sekin va notekis» kechayotgani haqida aytdi.
  • AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yordam uchun Kongressdan yana 33 mlrd dollar so‘radi, u bu kichik mablag‘ emasligi, ammo Vashington Rossiyaning vahshiyligi va tajovuzi qarshisida jim tura olmasligini ma’lum qildi.
  • Ukrainada mamlakat qurolli kuchlari safida jang qilgan Amerika fuqarosi halok bo‘lgan. 22 yoshli Jozef Kenselning onasining CNN efirida aytishicha, sobiq dengiz piyodasi bo‘lgan o‘g‘li xususiy harbiy kompaniya bilan shartnoma imzolab, Ukrainadagi urushga ko‘ngilli sifatida jo‘nab ketgandi.
  • AQSH kongressi Vakillar palatasi ko‘pchilik ovoz bilan Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni soddalashtirish (lend-liz) ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Bu qonunga ko‘ra, Bayden ma’muriyati byurokratik tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda bitimlar tuzishi va Ukrainaga qurollarni haqini keyin to‘lash sharti bilan bepul yetkazib berishi mumkin.

b]Quyida 28 aprel kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.[/b]

Dnepropetrovsk oblasti
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Krivoy Rog atrofidagi ko‘prikda «Jahannamga xush kelibsan, rossiyalik bosqinchi» yozuvi bitilgan transparant
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Dneprdagi qochqinlarni qabul qilish markazida. Foto: Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Krivog Rog atrofida zirhli texnikada ketayotgan ukrain harbiylari. Foto: Ed Jones / AFP / Scanpix / LETA
Lvov
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Jangda halok bo‘lgan safdoshlari — Oleg Skibik, Dmitriy Xaritonov va Vladimir Gorniylarning tobutlarini olib ketayotgan ukrain askarlari
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Lvovdagi yodgorlik oldida turgan qiz, yodgorlik korpusi bombalardan himoyalash uchun o‘rab qo‘yilgan
Leon Neal / Getty Images

Jitomir oblasti
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Lyubov (85 yoshda) XIX asrga mansub yog‘ochdan qurilgan cherkov oldida, Vyazovka qishlog‘idagi cherkov Rossiya harbiylari tomonidan yo‘llangan raketa zarbalaridan jiddiy shikastlangan. Foto: Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Velosipedda ketayotgan Jitomir hududiy mudofaa qismi jangchisi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimoli
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Ukraina armiyasi harbiy xizmatchisi Donetsk oblastidagi okopda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Rossiya harbiylarining Ukraina sharqidagi Liman temiryo‘l uzelini o‘qqa tutishi oqibatlari
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Vladimir Krilovskiy (62 yoshda) rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilgan Liman shahridagi uyi oldida. Krilovskiylar oilasi bu vaqtda garaj yerto‘lasida yashiringan. Foto: Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev va Kiyev oblasti
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Kiyev oblasti Borodyansk rayonining Zagalsi qishlog‘idan bo‘lgan Vladimir Tixonov (76 yosh) o‘z garaji darvozasidagi o‘q va oksolkalardan hosil bo‘lgan teshiklarni ko‘rsatmoqda. Foto: Alexey Furman / Getty Images
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
O‘g‘li tobuti ustida yig‘layotgan Vera Pilipenko. Uning o‘g‘li hududiy mudofaa qismiga xizmatga kirgandi va Buchada rossiyalik harbiylar tomonidan otib tashlangan. Sergeyni ona qishlog‘i Mirotskoyeda dafn qilishdi. Foto: Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Ivana Frankodagi Dramatik teatrda spektakl tomosha qilayotgan ukrainlar
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Kiyevga tashrifi vaqtida rossiyalik harbiylar shaharga raketa zarbalari yo‘lladi
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Qutqaruvchilar Kiyevdagi portlashlar hududida shilamoqda. Ukraina poytaxtiga hujum prezident Volodimir Zelenskiy va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi yakunlanishi bilan amalga oshirildi. Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Politsiya va qutqaruvchilar Kiyevda raketa kelib tushgan joyda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida o‘n kishi yaralanib, kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 64-kuni: Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar
Favqulodda xizmatlar xodimlari portlash hududida ishga kirishmoqda. Foto: AP Photo/Emilio Morenatti
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?