17:27 / 30.04.2022
2 815

Qur’onni yoqib yuborgan Paludanga nisbatan jinoiy ish ochildi

Qur’onni yoqib yuborgan Paludanga nisbatan jinoiy ish ochildi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida Pasxa bayramida Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Stram Kurs” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Qur’oni karim kitobini yoqib yuborgani haqida xabar bergan edik. Onado‘li axborot agentligining xabar berishicha, Paludanga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Malmyo politsiya boshqarmasi tomonidan berilgan arizada Paludan “jamoatchilikning nafrat va g‘azab qo‘zg‘atish jinoyatini sodir etgani uchun” jazolanishi talab etilmoqda.

Malmyo tumani politsiyasi boshlig‘i Jimmi Arkenxaym 2020 yilda ham xuddi shu modda bilan Paludanga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini va o‘sha paytda prokuror ishni sudga oshirish zarurati yo‘q, deb qaytarganini eslatdi. Arkenhaym bu safar jinoyat ishining biror bahona bilan yopilmasligiga va sudga yetib borishiga ishonch bildirdi.

Daniya va Shvetsiya fuqaroligiga ega bo‘lgan Paludan 2017 yildan beri Daniyaning turli shaharlarida Qur’oni karimni yoqishi tufayli musulmonlarning g‘azabini qo‘zg‘atgan edi.

Avval xabar berganimizdek, Shvetsiya davlat televideniyesi SVT’ning muxbiri Rasmus Paludan tomonidan Qur’oni karim kitobini yoqib yuborish provokatsiyasini tanqid qilgani uchun ishdan bo‘shatilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qur’onni yoqib yuborgan Paludanga nisbatan jinoiy ish ochildi