Foto: RIA Novosti
Bir guruh tinch aholi vakillari "Azovstal" zavodi hududidan evakuatsiya qilindi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.
Ma’lumot berilishicha, zavod hududini 25 kishi tark etgan. Ularning 19 nafari kattalar va 6 nafari bolalardan iboratligi aytilmoqda.
“Azovstal”da Ukraina qurolli kuchlarining 36-dengiz piyodalari brigadasi harbiylari va “Azov” guruhi jangchilari joylashgan. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, zavodda harbiylardan tashqari mingga yaqin tinch aholi vakillari bor.
19 aprel kuni DXR “Azovstal” shturmi boshlanganini ma’lum qildi. Mariupol shahar kengashi zavod hududiga bunker buzuvchi juda kuchli bombalar tashlanganini ma’lum qilgan, o‘sha kuni “Azov” vakillari zavod “deyarli butunlay yakson bo‘lgani”ni xabar qilishdi.
21 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Azovstal” shturmini bekor qilishni buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupoldagi sanoat zonalarini shturm qilish maqsadga muvofiq emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas