14:18 / 02.05.2022
3 648

Yaqin kelajakda dunyo ikki qarama-qarshi iqtisodiy blokka bo‘linishi mumkin

Yaqin kelajakda dunyo ikki qarama-qarshi iqtisodiy blokka bo‘linishi mumkin
Yaqin kelajakda dunyo ikki qarama-qarshi iqtisodiy blokka bo‘linishi mumkin. Bu haqda kolumnist Liam Xalliganning "The Telegraph" nashrida chop etilgan maqolasida qayd etilgan.

Uning fikricha, Yevropadagi voqealar tektonik siljishga olib keldi va qudratli davlatlar o‘rtasida ta’sir doiralarini taqsimlash tushunchasini qaytardi. Rossiya va AQSH o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik sayyoramizni ikkita raqib lagerga bo‘lib yuborishi mumkin.

Xalligan, shuningdek, kelajakdagi ittifoqlar qanday ko‘rinish olishini ham taxmin qiladi. Unga ko‘ra, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya endi Rossiyani do‘st mamlakat deb hisoblamaydi. Biroq ayni paytda dunyoda Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni saqlaydigan kuchli davlatlar mavjud. Ular orasida Indoneziya, Xitoy va Hindiston bor. Kuzatuvchiga ko‘ra, bu nufuzli davlatlar Moskvaga siyosiy ko‘mak berib, u bilan savdo hajmini oshiradi.

«G‘arb Rossiya banklarini Swift tizimidan uzib qo‘yganida, Xitoyning «UnionPay» tizimi Rossiyaga savdo va xorijiy to‘lovlar oqimida yordam berish uchun qadam qo‘ydi», deb yozadi Xalligan.

Uning eslatishicha, Sovet Ittifoqi davrida barcha neft va gaz quvurlari Yevropa Ittifoqi tomon jamlangan. Ammo hozir Moskva Bryusselga qaramlikni kamaytirish uchun eksportni diversifikatsiya qilmoqda va Osiyoning rivojlanayotgan bozorlariga energiya magistrallari qurmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaqin kelajakda dunyo ikki qarama-qarshi iqtisodiy blokka bo‘linishi mumkin