1 773
"Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi urushda ko‘rgan yo‘qotishlarini tiklash uchun yillar kerak bo‘ladi"
Foto: Meduza
Britaniya Mudofaa vazirligi, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarning kundalik sarhisobida, urush boshlangandan beri Rossiya Qurolli Kuchlari ko‘rgan yo‘qotishlarni baholashga harakat qildi.
Britaniya Mudofaa vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, bosqin boshida Rossiyada 120 dan ortiq batalon taktik guruhlari mavjud bo‘lgan, bu uning quruqlikdagi jangovar kuchlarining taxminan 65 foizini tashkil qiladi. May oyining boshiga kelib esa ushbu bo‘linmalarning chorak qismidan ko‘prog‘i ishdan chiqqan. Rossiya armiyasining elita bo‘linmalari, jumladan, havo-desant qo‘shinlari boshqalarga qaraganda ko‘proq aziyat chekkan.
«Rossiyaga bu kuchlarni qayta tiklash uchun yillar kerak bo‘ladi», — deyiladi hisobotda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada ikki oydan ortiq davom etayotgan urushning boshidan beri Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida atigi ikki marta xabar bergan. Oxirgi marta bunday bayonot bir oydan ko‘proq vaqt oldin, 25 mart kuni e’lon qilingan edi. O‘shanda Mudofaa vazirligi 1351 kishi halok bo‘lganini, 3825 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas