23:00 / 05.05.2022
1 243

Bill Geyts ajrashganidan bir yil o‘tib sobiq rafiqasiga qayta uylanish istagini bildirdi

Bill Geyts ajrashganidan bir yil o‘tib sobiq rafiqasiga qayta uylanish istagini bildirdi
Foto: People Talk
Microsoft asoschisi Bill Geyts va Melinda Geytsning ajrashganiga deyarli bir yil bo‘ldi. 27 yil davomida bir oila bo‘lib yashab klegan kelgan juftlik orasidagi mojarolari haqida mish-mishlar tarqalsa-da, ularning ajralishini hech kim kutmagan edi. Endi bularning barchasiga qaramay, Bill Geyts Melinda bilan qayta turmush qurishga qarshi emas. Bu haqda milliarder Sunday Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deb yozadi People Talk.

«Biz ajoyib oila qurdik. Afsuski, ajrashishga majbur bo‘ldik. Ammo men uni tanlaganimdan biror marta afsuslanmaganman, uning o‘rnida boshqa hech kimni tasavvur ham qila olmayman. Kelajakda unga yana uylangan bo‘lardim», — dedi Bill Geyts.

Foto: People Talk
Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts va Melinda Geyts 2022 yilning may oyida ajrashishlarini e’lon qildi. 27 yillik nikoh davomida er-xotin to‘rt farzandni tarbiyaladi. Endi ular do‘stona munosabatlarni saqlab, birgalikda ishlashda davom etmoqda. Melinda hali ham Bill Geyts fondlarida ishtirok etadi. Ajralishdan keyin Melinda Geyts o‘z aktivlarini sezilarli darajada oshirdi: u taxminan 3 milliard dollarlik bir nechta kompaniyalarning aksiyalariga ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts ajrashganidan bir yil o‘tib sobiq rafiqasiga qayta uylanish istagini bildirdi