
Foto: RT
Yakshanba, 8 may sanasida «Katta yettilik» yetakchilari yil boshidan beri uchinchi marotaba tashkil etilayotgan videoaloqada Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini muhokama qilishadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
G‘arb dunyosi Yevropada Ikkinchi jahon urushining tugaganini nishonlaydigan 8 may kuni Fransiya, Germaniya, Kanada, AQSH, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya yetakchilari Ukraina prezidenti Zelenskiyni tinglashadi va Rossiyaga qarshi yana qanday sanksiyalarni qo‘llashni o‘ylab ko‘rishadi, deyiladi xabarda.
Prezident Jo Bayden AQSH «yangi sanksiyalarga ochiqligi»ni va dam olish kunlari bu masalada «Katta yettilik» yetakchilari bilan gaplashishini chorshanba, 4 may kuni aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar