10:39 / 07.05.2022
959

Ukraina bilan urush boshlanganidan keyin Rossiyada 3000 ta sayt bloklandi

Ukraina bilan urush boshlanganidan keyin Rossiyada 3000 ta sayt bloklandi
Foto: alet.com
Rossiyada Ukraina bilan harbiy nizo boshlangandan so‘ng minglab saytlar bloklandi, deya xabar berdi inson huquqlari bo‘yicha «Roskomsvoboda» loyihasi. Yangilik nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, jamoat tashkilotlari, savdo va IT-kompaniyalar zarar ko‘rdi.

Rossiyada Ukraina bilan harbiy nizo boshlanganidan keyin 3000 dan ortiq internet sayt - yangiliklar nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, jamoat tashkilotlari, savdo va IT-kompaniyalar bloklandi, deb xabar berdi payshanba, 5 may kuni «Roskomsvoboda» inson huquqlari loyihasi. Aksariyat onlayn-sahifalarga kirish Rossiya Bosh prokuraturasi talabiga binoan cheklandi.

Xususan, mart oyida Bosh prokuratura Twitter, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga kirishni bloklashni talab qildi. Ularning egasi - Meta kompaniyasi «ekstremistik» deb tan olingan. Taqiqlangan resurslar ro‘yxatiga ko‘plab media saytlari ham kirdi. Ayrimlari esa Bosh prokuraturaning turli qarorlari bilan ikki marta bloklandi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, bir nechta onlayn kinoteatrlar va qaroqchilik saytlari ham taqiqlangan resurslar reyestriga kiritilgan. «Roskomsvoboda» bunga ushbu saytlarda Ukrainaga aloqador ijobiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi.

Xuddi shu sababga ko‘ra, savdo va IT-kompaniyalarning internet saytlari, shuningdek, o‘yin saytlari, jumladan, mashhur S.T.A.L.K.E.R. 2 o‘yini sayti va Chess.com shaxmat sayti ham taqiq ostida qoldi.

«Roskomsvoboda» ta’kidlashicha, bloklash mart oyi boshida kuchga kirgan «feyklar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilinishidan oldin boshlangan. Ushbu qonunga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari faoliyati to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot tarqatish 1,5 million rublgacha jarima yoki 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina bilan urush boshlanganidan keyin Rossiyada 3000 ta sayt bloklandi