Foto: Anadolu Agency
Qora dengizdagi gaz zaxiralari 45 yilga yetadi. Bu haqda Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbari o‘rinbosari, sobiq bosh vazir Binali Yildirim ma’lum qildi.
«Hozirda Qora dengizdagi gaz zaxiralari miqdori 540 milliard kub metr deb baholanmoqda. Bu faqat boshlanishi, yana davom etadi. Qora dengiz dunyodagi gazga bo‘lgan ehtiyojni 45 yil davomida qoplay oladi», — dedi u.
O‘z navbatida, Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmaz Kriter nashriga bergan intervyusida mamlakat 2023 yil boshlarida mazkur konlardan foydalanishni boshlashini aytdi.
Turkiya Qora dengizda yirik gaz zaxiralari topilganini 2020 yilda ma’lum qilgandi. Sakarya konidagi gaz miqdori 400 milliard kub metrdan ortiqroq ekanligi aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, Turkiya Qora dengizdan gaz qazib olish va uni tashishga qariyb o‘n milliard dollar sarflashni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi