AQSHning birinchi xonimi Ruminiyada ukrainalik qochqinlar bilan uchrashdi

Foto: AP
AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden Buxarestda ukrainalik qochqinlar bilan uchrashdi, deb xabar berdi TASS.
Xabarda aytilishicha, Bayden Ruminiya prezidentining rafiqasi Karmen Yoxannis bilan birga Ukrainadan kelgan bolalar o‘qiydigan maktabga tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, AQSHning birinchi xonimi bolalar va ularning ota-onalari hamda maktab xodimlari bilan suhbatda bo‘ldi. So‘ngra Bayden va Yoxannis AQSH prezidentining dastxati tushirilgan M&M’s konfetlarini ulashdi.
Bir kun avval Jill Bayden Ruminiyadagi amerikalik harbiylar bilan uchrashgandi. Kechga yaqin AQSHning birinchi xonimi Slovakiyaga jo‘nab ketgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden Buxarestda ukrainalik qochqinlar bilan uchrashdi, deb xabar berdi TASS.
Xabarda aytilishicha, Bayden Ruminiya prezidentining rafiqasi Karmen Yoxannis bilan birga Ukrainadan kelgan bolalar o‘qiydigan maktabga tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, AQSHning birinchi xonimi bolalar va ularning ota-onalari hamda maktab xodimlari bilan suhbatda bo‘ldi. So‘ngra Bayden va Yoxannis AQSH prezidentining dastxati tushirilgan M&M’s konfetlarini ulashdi.
Bir kun avval Jill Bayden Ruminiyadagi amerikalik harbiylar bilan uchrashgandi. Kechga yaqin AQSHning birinchi xonimi Slovakiyaga jo‘nab ketgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…