
Foto: Zuma Press
Xitoy texnologik kompaniyalari AQSH sanksiyalari va yetkazib beruvchilar bosimi ostida Rossiyada biznes yuritishdan asta-sekin voz kechmoqda. Bu haqda The Wall Streyet Journal xabar berdi.
Yirik kompaniyalar ommaviy bayonotlar bermasdan Rossiyaga yetkazib berish hajmini kamaytirmoqda. Bunday kompaniyalar orasida Lenovo va Xiaomi ham bor.
2022 yil mart oyida Rossiyaga texnologik mahsulotlar eksporti fevral oyiga nisbatan keskin kamaydi: noutbuklar yetkazib berish 40 foizdan ko‘proq, smartfonlar uchdan ikki qismga, telekommunikatsiya baza stansiyalari 98 foizga qisqardi.
Ta’minotning qisqarishiga Shanxayda koronavirus tarqalishi va sanksiyalar tahdidi sababli blokirovka ta’sir ko‘rsatdi.
Xitoy kompaniyalariga o‘z mahsulotlarini yetkazib beruvchi AQSH chip ishlab chiqaruvchilari o‘z mijozlariga bosim o‘tkazmoqda — ular Amerika texnologiyasini Rossiyaga Xitoy tovarlarida olib kirishga qarshi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar