Foto: «Caliber»
Amerikaning Orlando shahri (Florida shtati) politsiyasining pensiya jamg‘armasi dunyoning eng boy kishisi Ilon Maskni sudga berdi. «The Guardian» yozishicha, Maskning «Twitter»ni sotib olish niyati ularga ma’qul emas.
Gap shundaki, ushbu jamg‘arma ham «Twitter» aksiyadorlari qatorida bor. Jamg‘arma vakillari Delaver shtati sudiga kiritgan da’voda ko‘rsatilishicha, shtat qonunlariga ko‘ra, aksiyalarning uchdan ikki qismining egalari bitimni ilgariroq ma’qullamagan taqdirda, Mask kompaniyani kamida 2025 yilgacha o‘ziniki qila olmaydi.
Uchdan ikki qism aksiyalarning egalari, jumladan, «Morgan Stanley» moliyaviy konglomerati (8,8 foiz) va ijtimoiy tarmoq asoschisi Jek Dorsi (2,4 foiz) bitimni muddatidan avval tasdiqlashga rozi bo‘lishsa, Maskning yumushi yengillashishi mumkindek, ammo...
Qonunga ko‘ra, bitim kechikishi mumkin, negaki Maskda «Twitter»ning 9 foizdan ko‘proq (9,2 foiz) aksiyasi mavjud, yuridik jihatdan u «manfaatdor aksiyador». Da’vogarlar Maskning ana shu nozik joyidan ushlashdi.
«Twitter» orlandolik pensionerlarning sudga arzi borasida munosabat bildirganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining oxirlarida Ilon Mask «Twitter»ni 44 milliardga to‘liq sotib olishga kelishganini ma’lum qilgandi. O‘tgan yili «Twitter» 5 milliard dollar daromad qilgan, Mask 2028 yilda kompaniya 26,4 mlrd dollarlik daromadga chiqishiga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi