1 480
Lugansk oblastida maktabga aviazarba berildi. Xarobalar ostida 60 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayning so‘zlariga ko‘ra, xarobalar ostidan 30 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan, qutqarilganlarning yetti nafari yaralangan.
«Katta ehtimol bilan, bino xarobalari ostida qolib ketgan 60 kishi halok bo‘lgan», degan oblast ma’muriyati rahbari.
Maktab binosiga aviabomba tushgani haqida Gayday shanba kuni kechqurun xabar qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab binosiga 90 nafar atrofida odam yashiringandi - ular qishloqning evakuatsiya bo‘lishga ulgurmagan aholisi edi.
«Maktab yerto‘lasi ular uchun omon qolish mumkin bo‘lgan yagona joy edi, ammo rossiyaliklar odamlardan bu imkonni ham tortib olishdi», — deya yozdi Gayday 7 may kuni maktabga zarba berilishi ortidan.
7 may kuni Ukraina davlat favqulodda xizmati xarobalar ostidan ikki kishining jasadi topilganini tasdiqlagan va hududni tozalash ishlari yakshanba kuni davom ettirilishini ma’lum qilgan.
Belogorovka front liniyasida — haftalar bo‘yi davom etgan janglardan keyin rossiyaparast kuchlar nazoratiga o‘tgan Rubejnoye shahridan taxminan 20 kilometr g‘arbda, Lisichansk va Severodonetsk shaharlari yaqinida joylashgan. May oyi boshida LXR bu hududda «to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvlar boshlangani» haqida ma’lum qilgandi. Belogorovkadan 30 kilometr g‘arbda yaqinda rossiyalik harbiylar tomonidan egallangan yana bir posyolka — Yampol joylashgan.
So‘nggi hafta davomida Belogorovka qishlog‘i ham doimiy janglar hududiga aylandi. Gayday bu yerni «qaynoq nuqta» deb atagan.
Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina hukumatining maktabga bomba kelib tushgani haqidagi xabariga munosabat bildirmadi.
Rossiya rahbariyati bu urushda ro‘y bergan, tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan rezonansli voqealarning birortasida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi, jumladan Mariupoldagi tinch aholi vakillari yashiringan Dramatik teatrga berilgan zarba (mustaqil manbalarga ko‘ra, bu yerda 600 nafargacha kishi halok bo‘lgan) yoki Kramatorsk vokzali raketa bilan o‘qqa tutilishi bilan bog‘liq holatlar — bu hujum oqibatida 57 kishi halok bo‘lgan.
Urush boshidan buyon Rossiya rahbariyati bir necha bor faqat harbiy infratuzilma ob’ektlariga zarba berilayotganini aytib kelmoqda va Ukraina hamda G‘arb mamlakatlarining tinch aholiga hujumlar va harbiy jinoyatlar sodir etilgani bo‘yicha ayblovlarini inkor etmoqda.
Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi