16:17 / 09.05.2022
1 726

Stoltenberg Rossiyani Ukrainadagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi

Stoltenberg Rossiyani Ukrainadagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi
Foto: Reuters
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Kiyevga yordam berishga tayyorligini ta’kidladi va Rossiyani Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Prezident Putinni yana bir bor zudlik bilan urushni to‘xtatishga, Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga va tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqiraman”, - dedi u Die Welt nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Ukraina tarafida qat’iy turadi va mamlakatga o‘zini himoya qilish uchun yordam berishda davom etadi.

Stoltenberg "ilgari Moskva G‘arb haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish va NATOni tanqid qilish uchun muntazam ravishda 9 may kunidan foydalanib kelgan”ini ta’kidladi.

20 aprel kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Kiyevga kelishuv to‘g‘risidagi hujjat loyihasini bergani va javob kutayotganini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stoltenberg Rossiyani Ukrainadagi qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi