19:08 / 09.05.2022
941

Shri-Lanka bosh vaziri iste’foga chiqishga ariza berdi

Shri-Lanka bosh vaziri iste’foga chiqishga ariza berdi
Foto: Reuters
Shri-Lanka bosh vaziri Maxind Rajapaksa iqtisodiy inqiroz va ommaviy noroziliklar fonida o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda Ada Derana portali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bosh vazir ukasi, prezident Gotabaya Rajapaksaga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan.

Avvalroq deputat Maytripala Sirisena prezident Gotabaya Rajapaksa akasi Maxind Rajapaksani bosh vazir lavozimidan ozod qilishga rozi bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rajapaksa vaqtinchalik hukumatning Maxindni bosh vazirlikdan bo‘shatish taklifini qabul qilgan.

So‘nggi yillarda Shri-Lanka kuchli iqtisodiy inqirozga duch keldi, bu esa mamlakatdagi siyosiy qarama-qarshiliklarni kuchaytirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lanka bosh vaziri iste’foga chiqishga ariza berdi