Foto: Pinkvilla
2022 yil 21 yanvar kuni Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va xonanda Nik Jonasning birinchi farzandi surrogat ona yordami bilan dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi. Bu juftlikning barcha muxlislari uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi, deb yozadi People Talk.
Bir necha oy davomida juftlik chaqaloqning suratlarini ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, lekin muxlislarni kutilmaganda xursand qilishga qaror qildi. Priyanka o‘z sahifasida birinchi marta qizalog‘i Melti Meri bilan tushgan ta’sirli surat bilan bo‘lishdi. Suratda aktrisa chaqaloqni muloyimlik bilan quchoqlagani, Nik esa unga mehr bilan qarab, qo‘lidan tutib turgani aks etgan.
Foto: People Talk
«Har bir oilaning yo‘li o‘ziga xos va ma’lum darajadagi ishonchni talab qiladi. Biz bir necha oy qiyinchilikni boshdan kechirgan bo‘lsak-da, orqaga nazar tashlasak, har bir lahza qanchalik qimmatli va mukammal ekanligini yaqqol ko‘rish mumkin. Qizchamiz nihoyat uyga qaytganidan juda xursandmiz va bu yerda har qadamda fidokorlik bilan mehnat qilgan barcha shifokor, hamshira va bolalar markazi mutaxassislariga minnatdorlik bildirmoqchimiz. Bizning hayotdagi yangi bobimiz aynan hozir boshlanadi va chaqalog‘imiz esa juda ajoyib», — deb yozadi Chopra.
Foto: Pinterest
«Men yana shuni aytmoqchimanki, men bilan buni amalga oshiradigan hech kim yo‘q edi. Menga onalikni tuhfa qilganing uchun tashakkur, Nik Jonas, men seni yaxshi ko‘raman», — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, Priyanka Chopra va Nik Jonas olti oylik munosabatlardan keyin 2018 yilda turmush qurgan. Ularning to‘yi nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi