08:17 / 11.05.2022
1 005

Merilin Monroning portreti rekord narx — 195 million dollarga sotildi

Merilin Monroning portreti rekord narx — 195 million dollarga sotildi
Foto: Getty Images
Endi Uorxol tomonidan chizilgan Merilin Monroning ipak ekranli surati Christie’s auksionida rekord darajada 195 mln dollarga sotildi. Larri Gagosian ismli diler auksion g‘olibiga aylandi.

Shu tariqa ushbu portret 20-asrning eng qimmat san’at asari bo‘ldi. Kartina amerikalik rassomlar orasida sotilgan eng qimmat asar bo‘lgan bo‘lsa, tarixdagi sotilgan asarlar orasida esa ikkinchi o‘rinni qayd etdi. Birinchi o‘rinda hamon Leonardo da Vinchi tomonidan chizilgan «Salvador Mundi» asari — 450 mln dollar.

Shot Sage Blue Merilin kartinasi 1964 yilda Uorxol tomonidan yaratilgan. U sotuvdagi boshqa 35 ta lot bilan birga Syurixdagi Tomas va Doris Ammann jamg‘armasi tomonidan jo‘natilgan. Tomas — taniqli san’at asarlari sotuvchisi va kolleksioneri 1993 yilda OITS bilan bog‘liq asoratlardan vafot etdi.

Uning singlisi Doris galereyani o‘z qo‘liga oldi va o‘tgan yili vafotigacha uni boshqardi. Savdodan tushgan barcha mablag‘ sog‘liqni saqlash va ta’lim dasturlariga bag‘ishlangan jamg‘armaga yo‘naltiriladi.

2017 yilda Amerika san’at asari bo‘yicha oldingi rekord nomsiz Basquiat uchun 110,5 million dollarni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Merilin Monroning portreti rekord narx — 195 million dollarga sotildi