Foto: «TASS»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti urush boshlanganidan beri Ukrainadagi 200 ta tibbiyot muassasasiga hujum uyushtirilganini tasdiqlaydi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi va Rossiyani urushni to‘xtatishga chaqirdi.
6 may kuni JSST rahbari Tedros Gebreyesus Ukrainaga kelgan. U Rossiya bosqinidan jabr ko‘rgan ukrainaliklarga zarur yordam miqdorini baholagan. Ukrainaga ikki kunlik tashrifidan so‘ng Kiyevda nutq so‘zlagan Tedros ko‘rgan va eshitganlaridan chuqur ta’sirlanganini aytdi. Gebreyesus tibbiyot muassasalariga hujumlarni to‘xtatish kerakligini aytdi.
«Ukrainaga biz yetkazib bera olmaydigan va unga boshqalardan ko‘ra ko‘proq kerak bo‘lgan bitta dori bor — tinchlik. Shuning uchun biz Rossiyani bu urushni to‘xtatishga chaqirishda davom etamiz», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Ukraina sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
«Bu yerda o‘tkazgan vaqtim shaxsan menga katta ta’sir ko‘rsatdi. Urush zonasida o‘sgan odam sifatida men Ukraina xalqining his-tuyg‘ularini juda yaxshi tushunaman. Men bu ta’sirni bilaman, urushning vayronagarchiliklarini birinchilardan tushunaman, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida qattiq qayg‘uga tushganman», — dedi Gebreyesus. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi