date
views 5 007

KXSHTning Moskvada o‘tadigan yubiley sammitida Ukraina mavzusi muhokama qilinishi mumkin

KXSHTning Moskvada o‘tadigan yubiley sammitida Ukraina mavzusi muhokama qilinishi mumkin
Foto: RIA Novosti
Moskvada 16 may kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"16 may kuni KXSHTning 30 yilligi munosabati bilan Moskvada tashkilotga a’zo davlatlar sammiti bo‘lib o‘tadi", - dedi u.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT mamlakatlari rahbarlari uchrashuvida Ukrainadagi vaziyat mavzusi ham muhokama qilinishi mumkin.

Sammit doirasida Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko uchrashuv o‘tkazadi.

KXSHT xavfsizlik masalalari bo‘yicha tuzilgan tashkilot bo‘lib, unga Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXSHTning Moskvada o‘tadigan yubiley sammitida Ukraina mavzusi muhokama qilinishi mumkin