Foto: Zakon.kz
Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisining o‘rinbosari O‘lan Sarqulovning bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi har beshinchi jinoyat davlat xaridlari sohasida yuz beryapti.
Davlat xaridlarining budjet xarajatlaridagi ulushi 30 foizni, Qozog‘iston YAIMda esa taxminan 5 foizni tashkil etadi. Bu bozorga kuchli iqtisodiy ta’sir degani. Budjet xarajatlarining katta aylanmasi davlat xaridlarining korrupsion jozibadorligini oshirmoqda, dedi Sarqulov.
Ta’kidlanishicha, 2020 yildan 2022 yilning birinchi choragiga qadar 418 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, 162 nafar shaxsga hukm o‘qildi. Tahlillar bu jinoyatlarning qariyb 80 foizi budjet mablag‘larini talon-toroj qilish va bajarilgan ishlar uchun qalbaki hujjatlar tayyorlash va davlat xaridlari g‘olibligi uchun pora berish bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Davlat mablag‘larini eng ko‘p o‘zlashtirish qurilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va madaniyat sohalarida kuzatilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi