15:25 / 14.05.2022
1 161

Janubiy Osetiyada 17 iyul kuni Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Janubiy Osetiyada 17 iyul kuni Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
Foto: «TASS»
Janubiy Osetiya Respublikasi (Kavkazortida qisman tan olingan davlat) amaldagi prezidenti Anatoliy Bibilov 17 iyul kuni respublikaning Rossiyaga qo‘shilishi to‘g‘risida referendum o‘tkazish haqidagi farmonni imzoladi, deb yozadi Meduza.

«Janubiy Osetiya Respublikasi xalqining Rossiyaga qo‘shilish borasidagi tarixiy intilishini hisobga olgan holda konstitutsiyaning 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qaror qilaman: Siz Janubiy Osetiya Respublikasi va Rossiyaning birlashishini qo‘llab-quvvatlaysizmi, degan masala bo‘yicha referendum belgilansin», — deyiladi farmon matnida.

Bibilov Rossiya tarkibiga kirish uchun «huquqiy qadamlar» haqida mart oxiridayoq e’lon qilgan va ular 10 aprel kungi Janubiy Osetiya prezidenti saylovidan keyin yakunlanishiga va’da bergan edi. 8 may kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishning ikkinchi bosqichida Bibilov «Nixas» siyosiy partiyasi yetakchisi Alan Gagloyevga yengildi. Saylangan prezident «vaqti kelishi bilan» Janubiy Osetiya referendumga tayyor bo‘lishini ma’lum qildi.

Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligi Janubiy Osetiya mustaqilligini ham, uning prezidenti saylovlari natijalarini ham tan olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni Bibilov Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi. «Rossiya bilan birlashish bizning strategik maqsadimiz, deb hisoblayman. Bizning yo‘l. Odamlarning intilishlari. Va biz bu yo‘ldan boramiz. Yaqin kunlarda tegishli qonuniy choralar ko‘ramiz. Janubiy Osetiya Respublikasi o‘zining tarixiy vatani – Rossiyaning bir qismi bo‘ladi», — dedi Bibilov.

Keyinroq u agar Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilsa, Shimoliy Osetiya bilan birlashib, Rossiyaning yagona sub’ektiga aylanishi mumkinligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Osetiyada 17 iyul kuni Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi