Foto: «TASS»
Gruziya hukumati Janubiy Osetiyada hududning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumni tan olmaydi. Bu haqda «Gruzin orzusi – Demokratik Gruziya» hukmron partiyasi vakili Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat mazkur masalada aniq siyosiy pozitsiyaga ega.
«Albatta, biz Janubiy Osetiyadagi hukumatni de fakto tan olmaymiz, u yerdagi saylovlarni ham, referendumni ham. Shu sababli bizning bu boradagi nuqtai nazarimiz aniq va ravshan. Mazkur yo‘nalishda harakatlanishda davom etamiz»,— degan Kobaxidze jurnalistlar bilan suhbatda («TASS» iqtibosi).
Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilov hududning Rossiyaga qo‘shilishi haqidagi rejalar haqida 30 mart kuni e’lon qilgandi. U Shimoliy Osetiya bilan bir hududga birlashish taklifini bergan. Aprelda Janubiy Osetiyada prezidentlik saylovlari o‘tkazilgan va 56,09 foiz olgan Alan Gagloyev g‘alabaga erishgan. Gagloyev Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumni kechiktirish haqida gapirgan. Biroq Bibilov umumxalq muhokamasini 17 iyulga ko‘chirishga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi