11:20 / 16.05.2022
2 027

Rossiyada «voyenkomat»larga o‘t qo‘yish ko‘paymoqda

Rossiyada «voyenkomat»larga o‘t qo‘yish ko‘paymoqda
Rostov viloyatining Gukovo shahrida tunda harbiy xizmatga molotov kokteyli tashlagan erkakni qidirilmoqda, deb xabar bergan huquq-tartibot idoralaridagi manba 161.ru saytiga. Nashrning yozishicha, harbiy komissarlik mulkiga zarar yetmagan, uning xodimlari yong‘inni o‘zlari o‘chirishgan. Mahalliy politsiya o‘t qo‘yish haqidagi ma’lumotlar tekshirilayotganini aytgan.

Keyingi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasi shaharlaridagi harbiy komissariatlarga o‘t qo‘yish hodisasi ko‘payib ketdi.

Baza telegram kanali xabariga ko‘ra, 15 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Volgograd shahri va Ryazan viloyatining Pronsk shaharchasidagi harbiy komissarlik binolariga ham o‘t qo‘yishga urinish bo‘lgan. Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Volgograd harbiy komissarligida yong‘in yordamchi xonalarda, Ryazanda eshik va deraza romlariga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lishgan.

Fevral oyi oxiridan beri Rossiyada Voronej, Nijnevartovsk va Omskda, shuningdek, Moskva viloyati, Mordoviya, Sverdlovsk, Ivanovo va Vologda viloyatlarida harbiy ro‘yxatga olish idoralariga o‘t qo‘yishga yana bir necha urinishlar sodir etilgani ma’lum qilingan.

12 may kuni Cherepoves shahri meri Vadim Germanov Rosreyestr idorasi joylashgan bino derazalariga “molotov kokteyli” tashlagan ikki 16 yoshli yigitning hibsga olingani haqida gapirdi. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, ular harbiy komissiyaga o‘t qo‘yishni rejalashtirishgan, biroq derazalarni adashtirib yuborishgan. Ularga qasddan mulkka zarar yetkazish aybi qo‘yilgan.

Xuddi shunday hujum 5 mart kuni Saratov viloyati, Berezovskiy shahrida sodir bo‘ldi. Mahalliy aholidan biri harbiy komissariat bo‘limiga “molotov kokteyli” uloqtirgan, natijada yong‘in chiqqan. Biroq yaqin atrofda bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari yordami bilan tezda yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Ivanovo viloyatining Shuya shahrida ham harbiy bo‘lim joylashgan binoning derazasidan “molotov kokteyli” uloqtirgan shaxs qo‘lga olindi. Voqea mart oyida sodir bo‘lgan. Ammo bu shu kabi voqealarning hammasi emas.

O‘t qo‘yuvchilardan biri – mart oyi boshida Luxovitsadagi harbiy komissariatga o‘t qo‘ygan yigit o‘z xatti-harakati Ukrainadagi harbiy harakatlarga qarshi ifoda ekanligini aytgan. U rossiyalik xodimlarning keyingi safarbarlik ishlariga to‘sqinlik qilishga, Rossiya Federatsiyasi harakatlaridan noroziligini ko‘rsatishga intilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada «voyenkomat»larga o‘t qo‘yish ko‘paymoqda