Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari Syuy Dun’yuy Ukrainadan jo‘natiladigan yuklarning qisqarishi Afrika va Osiyoda oziq-ovqat tanqisligi xavfini oshirishi haqida ogohlantirdi.
«Biz jahon bozorlarida mumkin bo‘lgan ta’minot uzilishlarini imkon qadar ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali qoplashimiz kerak», - dedi u Germaniyada bo‘lib o‘tgan G7 qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishida.
Tashkilot rahbariga Sharqiy Yevropadagi mojaroning global oziq-ovqat xavfsizligi uchun oqibatlarini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etish taklif etildi. Ukrainadagi urushdan oldin, 2021 yilda sayyoramizda 193 millionga yaqin odam oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan. Bu bir yil oldingiga nisbatan 40 millionga ko‘p.
«Bunday xavotirli vaziyatda biz endi Ukrainadagi urush oqibatlari bilan kurashishimiz kerak», - dedi Syu Dun’yuy.
Narxlar hali tushishi kutilmayapti. Rossiya va Ukraina jahon bozorida eng yirik yetkazib beruvchilardir. Ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat allaqachon, ayniqsa, bug‘doy, makkajo‘xori va moyli ekinlar hamda o‘g‘itlar narxining oshishiga olib kelgan.
Ushbu o‘sish yuqori talab tufayli narxlarning oshishi va pandemiya tufayli ishlab chiqarish tannarxining oshishi bilan bog‘liq.
Oziq-ovqat narxlari indeksi mart oyida cho‘qqisiga chiqdi va aprel oyida biroz pasaydi.
Tashkilot rahbarining aytishicha, Hindiston va Yevropa Ittifoqi yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha va’da berganiga qaramay, yaqin kelajakda narxlarning pasayishini kuta olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi