06:00 / 17.05.2022
2 395

"Azovstal" kombinatidagi yarador harbiylarni olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi

"Azovstal" kombinatidagi yarador harbiylarni olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Foto: TASS/Kovalev Petr
Mariupol shahridagi "Azovstal" metallurgiya kombinati hududidagi yaradorlarni olib chiqish uchun tinchlik rejimi e’lon qilindi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ukrainalik harbiylar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida bu borada kelishuvga erishilgan.

Hozirda "Azovstal" hududida tinchlik rejimi joriy etilgan va gumanitar yo‘lak ochilgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot berilishicha, ukrainalik yarador harbiylar Novoazovsk shahridagi shifoxonaga olib borilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 aprel kuni Sergey Shoygu bilan Kremlda uchrashgan va “Azovstal” hududida harbiy harakatlarni to‘xtatishga buyruq bergandi.

7 may kuni Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk “Azovstal” korxonasi hududidagi tinch aholi olib chiqilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kombinat hududida 600 nafarga yaqin yaralangan harbiylar bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Azovstal" kombinatidagi yarador harbiylarni olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi