
Urushning 82-kuniga kelib, «Azovstal» zavodi hududidan u yerda so‘nggi ikki oy davomida mudofaada bo‘lgan ukrain askarlarni olib keta boshlashdi. Rossiya harbiylari chekinishni boshlagan Xarkovga mahalliy aholi evakuatsiyadan qaytib kela boshladi. Shvetsiya hukumati NATOga a’zo bo‘lish to‘g‘risida rasmiy qaror qabul qildi. Yevroittifoq esa Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini yana kelisha olmadi. Meduza ushbu kunning asosiy fotosuratlarini bir joyga to‘pladi.
Donbass shimoli

Ukrainalik askar Donetsk viloyatining Nyu-York qishlog‘ida portlamay qolgan snaryadni ko‘zdan kechirmoqda. Nyu-Yorkka Yekaterina II tomonidan taklif qilingan mennonitlar (Niderlandiyada XVI asrda paydo bo‘lgan protestantlik oqimi) tomonidan asos solingan. Qishloq 1951 yilda, Sovu qurush davrida, Novgorod deb qayta nomlangan, ammo 2021 yilda hukumat unga tarixiy nomini qaytarib berishga qaror qildi.
Foto: AFP

Qum solingan qoplar binolar derazalarini yopib turibdi. Shahar ostonalarida hozir janglar bormoqda, Nyu-Yorkni «Donetsk xalq respublikasi» harbiylari shturm qilmoqda
Foto: AFP

Bino devoridagi «Men Nyu-Yorkni sevaman» yozuvli graffiti
Foto: AFP

Nyu-Yorkdagi tashlandiq bino xonalaridan biri
Foto: AFP

Toretsk fuqarosi suv ortilgan velosipedni surib bormoqda. Shahar mart boshidan buyon o‘q yomg‘irlari ostida qolmoqda
Foto: AFP
Odessa viloyati

Zarya Truda qishlog‘ida ukrainalik harbiy xizmatchi Vladimir Losevning dafn marosimi. U mina portlashidan halok bo‘lgan
Foto: AP Photo

Harbiy bilan vidolashuv marosimi. Losev umrining so‘nggi 18 yilini shu qishloqda yashab o‘tkazgan
Foto: AP Photo

Odessa tashqarisida o‘q yog‘dirilishi oqibatida vayron bo‘lgan mehmonxona. Rossiya qo‘shinlari hududni urush boshlanganidan buyon o‘qqa tutib keladi
Foto: EPA
Xarkov viloyati

Russkaya Lozovaya qishlog‘ida vayron bo‘lgan ko‘prik. Qishloq qariyb ikki oy Rossiya okkupatsiyasi ostida bo‘lib kelgan, u aprel oxirida ozod qilingan. Ukraina parlamenti a’zosi Yevgeniy Pivovarov qishloqni qayta nomlashni taklif qildi
Foto: AFP

Xarkov yaqinidagi Biskvitnoye qishlog‘ida bombalardan chuqur izlar qolgan dala. Rossiya harbiylari shahardan chekinmoqda, deb xabar berdi Ukraina qurolli kuchlari
Foto: Getty Images

Biskvitnoye qishlog‘idagi dalada Rossiya vertolyoti qoldiqlari
Foto: Getty Images

Ukrainalik harbiy xizmatchi kaskasidagi yozuv: «Men jonivorlarni sevaman. Odamlardan nafratlanaman»
Foto: Reuters

Ukrainalik harbiy xizmatchi Malaya Rogan qishlog‘ida ilgari rossiyalik askarlar bazasi bo‘lib xizmat qilgan yerto‘lada mushukni silamoqda
Foto: AP Photo
Mariupol

Ukrainalik harbiylar ikki oy davomida mudofaani saqlab kelgan «Azovstal» zavodi hududi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 17 mayga o‘tar kechasi sakarlarni «qutqarish operatsiyasi» o‘tkazilganini e’lon qildi — «Donetsk xalq respublikasi» hududiga 260 dan ortiq odam keltirildi. Ushbu kadr ukrainalik harbiylardan biri tomonidan tasvirga olingan
Foto: Dmitriy «Orest» Kazatskiy / Azov polki

«Azovstal»da mudofaani saqlab kelgan ukrain harbiy xizmatchilari o‘tirgan avtobus DXR tomonga qarab ketmoqda. Ularning barchasi rossiyalik harbiy asirlar bilan ayirboshlanishi kutilmoqda
Foto: Reuters

Yarador ukrain askar DXR hududidagi Novoazovskda
Foto: Reuters “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar