12:22 / 18.05.2022
1 155

Kanada Rossiya prezidenti uchun mamlakatga kirishni taqiqladi

Kanada Rossiya prezidenti uchun mamlakatga kirishni taqiqladi
Foto: AP
Kanada jamoat xavfsizligi vaziri Marko Mendichino Ukrainadagi vaziyat tufayli avvalroq sanksiya joriy etilgan mingga yaqin Rossiya fuqarolari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun mamlakatga kirish taqiqlanganini e’lon qildi.

«Biz hozirgina mingga yaqin rossiyaliklar, jumladan Putin va uning atrofidagi odamlar uchun Kanadaga kirish taqiqlanganini e’lon qildik», deb yozdi Mendichino tvitterda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu odamlarning barchasi allaqachon sanksiyalar ostida», biroq «endi ularga Kanadaga kirish taqiqlanadi».
Mendichinoning ta’kidlashicha, Kanada «bunday qiyin paytda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi».

Avvalroq Kanada Rossiya federatsiyalar kengashi a’zolari, Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullinaga, shuningdek, Rossiyaning mudofaa va sanoat tuzilmalariga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.

Bunga javoban Moskva kanadalik siyosatchilar va hukumat amaldorlari, xususan, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo va tashqi ishlar vaziri Melani Jolini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritib, ularning Rossiyaga kirishini yopib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada Rossiya prezidenti uchun mamlakatga kirishni taqiqladi