Asirga tushgan britaniyalik yollanma jangchi Endryu RT telekanaliga uni qanday qilib Ukraina tomoni provokatsiya uyushtirgan Bucha shahri chekkasiga jo‘natishganini so‘zlab berdi.
Asirning so‘zlariga ko‘ra, u Buchada taxminan 3-5 aprel kunlari bo‘lgan va jang izlarini ko‘rmagan. “Bizni Buchaga u yerdan ruslar ketishi bilan jo‘natishdi. Men u yerda mahalliy aholi bilan muloqot qildim. Biz Buchaning o‘zida bo‘lmadik, faqat uning chekka joylarida bo‘ldik. <...> Shaxsan men hech qanday jasadlarni ko‘rmadim”, - dedi Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilgan yollanma.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Buchadagi voqealar uyushtirilgan sahna ko‘rinishi ekanini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat uning tashkilotchisi kim va qaysi mamlakatdan ekani va provokatsiya ortidan kim turganini oshkor qiladi.
26 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda Buchadagi voqealarga Rossiya Qurolli kuchlarining aloqasi yo‘qligi va Moskva buni kim uyushtirganini bilishini aytgan edi.
2 va 3 aprel kunlari Ukraina tomoni Kiyev yaqinidagi Bucha shahrida tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar borligi haqida xabar tarqata boshladi. O‘shanda Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyev rejimi tomonidan chop qilingan rossiyalik harbiylarning Buchadagi go‘yoki harbiy jinoyatlari haqidagi surat va videolari provokatsiya ekanini ma’lum qildi. Vazirlik Rossiya armiyasi Buchada bo‘lib turgan paytda mahalliy aholi jabr ko‘rmaganini alohida urg‘uladi.
Keyinchalik Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Buchadagi voqealar Buyuk Britaniyaning psixologik operatsiya ekanini ma’lum qildi. Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko unga bu feyklarni fosh qiluvchi hujjatlarni bergan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Buchadagi provokatsiyadan so‘ng Rossiya Qurolli kuchlariga oid feyklar to‘g‘risida jinoiy ish ochgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar