1 759
Tojikistonda qurolli to‘qnashuv oqibatida bir ofitser halok bo‘ldi, 10dan ortiq askar yaralandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Tojikistonda qurollangan jinoiy guruh hujumi oqibatida mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasining bir nafar ofitseri halok bo‘ldi, 13 nafar askar jarohatlandi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 200 kishidan iborat guruh Tog‘li Badaxshon avtonom oblastining Rushon rayonida davlat xavfsizlik qo‘mitasining kolonnasiga hujum qilgan.
“Barcha turdagi qurollardan foydalangan 200 kishidan iborat uyushgan jinoiy guruh Dushanbe – Xorug‘ yo‘li va Rushon rayoni markazining uchta nuqtasida chegara komendaturasini to‘sib qo‘ygan. Jinoiy guruh ushbu harakatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan va buning uchun xorijdan qurol olib kirgan", - deyiladi xabarda.
O‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida 8 kishi yo‘q qilingan, 11 nafari yaralangan va 70 dan ortiq kishi qo‘lga olingan.
Ulardan ko‘p miqdorda qurol-yarog‘lar va "Molotov kokteyllari" musodara qilingan. Maxsus operatsiya chog‘ida tinch aholiga zarar yetmagani aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar