09:46 / 19.05.2022
887

AQSHning Ukrainadagi elchixonasi uch oylik tanaffusdan so‘ng ochildi

AQSHning Ukrainadagi elchixonasi uch oylik tanaffusdan so‘ng ochildi
Foto: Getty Images
AQSHning Kiyevdagi elchixonasi uch oylik tanaffusdan keyin o‘z faoliyatini qayta boshladi. Bu haqda diplomatik missiya vakili Deniel Langenkampga tayanib, Reuters xabar qilgan.

«Biz faoliyatimizni rasman qaytadan boshlayapmiz», — deya elchixona ixtiyoriga bir qator diplomatlar qaytishini ma’lum qilgan Langenkamp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konsullik faoliyati darhol boshlanadi, chunki Ukrainada hanuzgacha AQSH davlat departamentining mamlakat fuqarolariga sayohat qilishni taqiqlovchi tavsiyasi amal qilmoqda.

14 fevral kuni Rossiya Ukrainadagi urushni boshlashidan o‘n kun avval AQSH Ukrainadagi elchixonasini Lvovga ko‘chirishga qaror qilgan. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken mazkur qaror diplomatik vakolatxona xodimlarining xavfsizligini o‘ylangani uchun chiqarilganini bildirgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir qator g‘arb davlatlarining o‘z elchixonalarini Kiyevdan mamlakatning g‘arbiy qismiga ko‘chirganini xato deb atagan va xorij davlatlaridan elchixonalarni Kiyevga qaytarishni so‘ragan. Ammo keyinchalik, 22 fevralda AQSH elchixonasi Polshaga ko‘chib o‘tgan.

AQSH Ukrainadagi elchi vazifasiga Slovakiyadagi o‘z elchisi Brijet Brink nomzodini ilgari surishni rejalashtirgan. Slovakiyada ishlashidan avval u Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosarining katta yordamchisi lavozimida ishlagan va Sharqiy Yevropa hamda Kavkaz bilan bog‘liq tashqi siyosatda ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Ukrainadagi elchixonasi uch oylik tanaffusdan so‘ng ochildi