Foto: Bloomberg
AQSH hukumati va xalqaro moliya institutlari, shu jumladan Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki qashshoq mamlakatlarga o‘nlab milliard dollar oziq-ovqat va o‘g‘itlar yordamini va’da qildi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
Narxlarning ko‘tarilishi tufayli o‘sib borayotgan global oziq-ovqat inqirozini yumshatish uchun qo‘shma harakatlar rejasi tuzildi.
18 may kuni Germaniyada G7 Moliya vazirlari yig‘ilishida so‘zga chiqqan AQSH Moliya vaziri Janet Yellen yuzaga kelayotgan inqirozdan qattiq xavotirda ekanligini aytdi.
- Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi butun dunyodagi odamlar, xususan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligi muammosini yanada kuchaytirdi, — dedi u.
Yellenning qo‘shimcha qilishicha, oziq-ovqat va o‘g‘itlarning jahon bozoridagi narxlari ko‘tarilishi yanada ko‘proq odamlarning och qolishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida hukumatning fiskal va tashqi pozitsiyalariga zarar etkazishi xavfi bor.
Fevral oxirida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng butun dunyoda oziq-ovqat inflyatsiyasi o‘sdi. Urush boshlanganidan keyin oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi va hukumatlarning oziq-ovqat eksportini taqiqlashi ta’siri kambag‘al mamlakatlarda talabni kuchaytirdi.
Ko‘plab tashkilotlar qatorida Osiyo taraqqiyot banki va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan birga Afg‘oniston va Shri-Lankani oziqlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Afrika taraqqiyot banki 20 million afrikalik fermerlarga o‘g‘it va urug‘lik olishda yordam berish uchun 1,5 mlrd dollar, Jahon banki esa keyingi 15 oy uchun 30 mlrd dollar ajratadi.
Vashington kreditor paketi mablag‘i yangi loyihalar uchun 12 mlrd dollarni va oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq mavjud loyihalar uchun taxminan 18 mlrd dollarni tashkil qiladi.
XVJ siyosat bo‘yicha maslahatlar berishi yoki kezi kelganda favqulodda moliyaviy yordam ko‘rsatishini aytdi.
- Inflyatsiya o‘n yillar davomida kuzatilgan eng yuqori darajaga yetgan bir paytda, past va o‘rta daromadli mamlakatlardagi zaif oilalar o‘tkir oziq-ovqat tanqisligi xavfi ostida. Tarix shuni ko‘rsatadiki, ochlik ko‘pincha ijtimoiy tartibsizliklar va zo‘ravonliklarni keltirib chiqaradi, — dedi XVJ boshqaruv direktori Kristalina Georgiyeva.
Ma’lum qilinishicha, olib borilishi kerak bo‘lgan choralar amalga oshsa narxlar 1974- va 2008 yillardagi kabi pasayishi ham mumkin. O‘shanda oziq-ovqat narxlari oshib ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar