
Foto: Caracol
Kolumbiyada general Xose Mariya Kordoba nomidagi harbiy akademiyaning kamida 19 nafar kursantini yashin urdi. Bu haqda Caracol radiostansiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 19 may kuni mamlakatning markaziy qismidagi Mesa-Baha hududida dala mashg‘ulotlari chog‘ida sodir bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda yomg‘ir bo‘lmagan. Jabrlanganlar — 16 nafar erkak va uch nafar ayol shifokorlar nazoratida. Shu bilan birga, ularning ahvoli haqida aniq ma’lumotlar oshkor etilmagan.
Mamlakat qurolli kuchlari rahbariyati kursantlar va ularning oila a’zolariga barcha zarur yordamni ko‘rsatishga va’da berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar