
21 may kuni Severodonetsk hududida janglar davom etdi, Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasini Lisichanskka olib o‘tadigan ko‘prikni vayron qilishdi; keyinroq, Lugansk viloyati rahbari ko‘prikka o‘t ochgan rus texnikasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Kursk viloyatida chegaradagi qishloq yana minomyotdan o‘qqa tutildi.
Mariupoldan odamlarni Ukrainaning boshqa hududlariga evakuatsiya qilish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi — rossiyalik harbiylar hatto ikkinchi darajali yo‘llarda ham to‘siqlar o‘rnatdi, dedi shahar merining maslahatchisi. Rossiya Davlat Dumasidagi Liberal demokratik partiya rahbari va Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralari ishtirokchisi Leonid Slutskiy Moskva Viktor Medvedchukni «Azov» jangchilariga almashtirish imkoniyatini o‘rganayotgani haqida gapirdi (keyinchalik u ushbu so‘zlari kontekstdan yulib olinganini da’vo qila boshladi).
Jo Bayden Ukrainaga yana 40 milliard dollar yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi, Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev esa Ukrainaga bosqin munosabati bilan joriy qilingan sanksiyalar Rossiyadagi «butun logistikani amalda ostin-ustun qilganini» tan oldi. Meduza urushga oid yangi suratlarni jamladi.
Xarkov viloyati

Xarkovdagi turar joy binolari. So‘nggi haftalarda rus qo‘shinlari shahar shimoliga, Belgorod viloyati bilan chegaraga surildi, biroq so‘nggi kunlarda bu hududda Rossiya kuchlarining qarshi hujumlari ham amalga oshirildi.
Foto: Getty Images

Xarkov ko‘chalarida Ukrainaning ishdan chiqarilgan harbiy vertolyoti korpusi olib o‘tilmoqda.
Foto: Getty Images

Xarkovdagi pravoslav cherkovi yerto‘lasida tushlik qilayotgan qochoqlar.
Foto: AP Photo
Donbass shimoli

Pravoslav ruhoniylari 2022 yil 20 may kuni Lisichanskda yerto‘ladagi vaqtinchalik cherkovda aholi bilan ibodat qilishmoqda. So‘nggi haftalarda shahar yaqinida frontda eng faol janglar bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: AFP

Severodonetskdagi otishmalardan ko‘tarilgan tutun. Shahar front chizig‘iga yaqin bo‘lib, Ukraina armiyasining Severskiy Dones daryosi shimolidagi muhim tayanch markazidir.
Foto: AFP

Kramatorskda urush boshida Rossiya tomonidan berilgan zarba vayronalari orasida qolgan to‘y fotosurati.
Foto: AP Photo

Donetsk viloyati Bahmut shahridagi universitet kampusiga qilingan raketa hujumi oqibatlari.
Foto: Reuters

Ukraina harbiylari Donbassdagi front chizig‘i yaqinida yaralangan safdoshlariga yordam bermoqda.
Foto: AFP

Donbassdagi front chizig‘i yaqinida yarador ukrainalik harbiylar.
Foto: AFP
Kiyev

Bolakay portlab ishdan chiqqan zirhli transport vositasining minorasini tomosha qilmoqda — bu Kiyev markazida tashkil etilgan rus texnikalari ko‘rgazmasining bir qismi.
Foto: Reuters
Marinka yaqinidagi snayperlar otryadi
Donetskning janubi-g‘arbidagi Marinka shahri yaqinida joylashgan otryadning suratlari bir necha kun oldin, 16—17 may kunlari olingan. Urush boshidan buyon bu yerda janglar davom etmoqda, ammo hududdagi front chizig‘i deyarli o‘zgarmagan. Ushbu fotosuratlar snayperlarning ishini ko‘rish uchun kamdan-kam uchraydigan imkoniyatdir —hozirgacha Ukraina tomonidan bunday suratlar deyarli nashr etilmagan.

Marinkadagi snayperlar bo‘linmasi ko‘ngillilari qurollarni o‘qlamoqda.
Foto: The Washington Post

Snayperlar bo‘linmasining ko‘ngillisi Oksana Marinka yaqinida miltig‘i bilan suratga tushmoqda.
Foto: The Washington Post

Marinkadagi snayper bo‘linmasining ko‘ngillilari.
Foto: The Washington Post

Snayper bo‘linmasi ko‘ngillilari Marinka yaqinida dron tasvirlarini tekshirmoqda.
Foto: The Washington Post

Marinkadagi snayper bo‘linmasi ko‘ngillilari.
Foto: The Washington Post “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar