13:39 / 23.05.2022
993

Ukrainada harbiy holat rejimi yana uch oyga uzaytirildi

Ukrainada harbiy holat rejimi yana uch oyga uzaytirildi
Foto: Reuters
Ukraina Oliy radasi butun mamlakat hududida harbiy holatni uch oyga uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi, deb yozadi «RBK».

«Ukraina Oliy radasi davlatda harbiy holat amal qilishini 90 kunga, 2022 yil 23 avgustgacha uzaytirdi», — deyiladi xabarda.

Qonun loyihasini 320 nafar xalq deputatlari qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, mamlakatda umumiy safarbarlikni bekor qilmaslikka qaror qilingan.

Ukrainaning butun hududi bo‘ylab harbiy holat Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan keyin darhol, 24 fevral kuni tongda kiritilgan edi. Bu qaror haqida e’lon qilayotib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarni xotirjamlikni saqlashga va uyda qolishga chaqirgandi. U aholini Ukraina «xavfsizlik va mudofaa sektori to‘liq» ishlashda davom etishiga ishontirgandi.

Rejim 30 kun muddatga joriy qilingan, ammo mart o‘rtalarida Zelenskiy uni yana bir oyga uzaytirishni taklif qilgandi. O‘shanda Oliy rada davlat rahbari 20 martda imzolagan qonun loyihasini ma’qullagandi. Aprelda Zelenskiy xuddi shunday tashabbus bilan parlamentga murojaat qilgan, Oliy rada harbiy holatni 25 mayga qadar uzaytirgan edi. 18 may kuni esa u Ukraina parlamentiga navbatdagi shunday hujjatni kiritgandi.

Harbiy holat amal qiladigan davrda Ukraina hukumati komendantlik soati e’lon qilishi, kirish va chiqish bo‘yicha maxsus rejim o‘rnatishi, fuqarolar, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish erkinligini cheklashi, shuningdek, transport harakatini cheklashi mumkin. Bundan tashqari, mamlakatda ba’zi siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlanishi yoki boshqa choralar qo‘llanilishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada harbiy holat rejimi yana uch oyga uzaytirildi