1 067
Saudiya aviakompaniyasi mamlakat tarixida ilk bor faqat ayollardan iborat ekipaj bilan parvoz qildi
Foto: Flyadeal
Saudiya Arabistonining Flyadeal aviakompaniyasi qirollik tarixida birinchi marta faqat ayollardan iborat ekipaj bilan parvozni amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniyaning Twitter sahifasida xabar berildi.
«Saudiya Arabistoni aviatsiyasi tarixida birinchi marta Flyadeal faqat ayollardan iborat ekipaj bilan parvozni amalga oshirdi, ekipaj a’zolarining aksariyati Saudiya fuqarolaridir», — deyiladi xabarda. Aviakompaniya yetti nafar ayoldan iborat ekipaj suratini xabarga ilova qildi.
Airbus A320 samolyoti bilan 117-reys mamlakat poytaxti Ar-Riyoddan Jidda shahriga uchgan.
Arabnews xabariga ko‘ra, 117-reysni Saudiya Arabistonidagi eng yosh ayol uchuvchi hisoblangan 23 yoshli Yara Yan boshqargan. Yan 2019 yilda AQSHda (Florida) uchish maktabini tamomlagan va bir yil oldin Flyadeal kompaniyasiga ishga joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning fevral oyida Bruneyning Royal Brunei aviakompaniyasi Saudiya Arabistoniga faqat ayollardan iborat ekipaj bilan parvoz qilgan edi. Parvoz kapitani Sharifa Sarena Suraini, uchuvchilar Nadiya Xashiem va Sarian Nordin edi.
2018 yilgacha Saudiya Arabistonida ayol kishiga mashina haydash taqiqlangan bo‘lsa, o‘sha yilning iyun oyida bu taqiq qirollik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud tomonidan bekor qilingan.
So‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni ayollarga erkak vasiylar qaramog‘isiz yashash, erkaklar ruxsatisiz xorijga chiqish, futbol o‘yinlariga borish, armiyada xizmat qilish imkonini berdi. Ammo katta ijtimoiy islohotlarga qaramay, saudiyalik ayollar erkak vasiyning ruxsatisiz turmushga chiqa olmaydi, qamoqdan ozod etilmaydi yoki muayyan tibbiy xizmatlardan foydalana olmaydi, deb yozadi BBC News. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda