1 362
Bayden Xitoy hujum qilgan taqdirda Tayvanni harbiy yo‘l bilan himoya qilishga va’da berdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoy Tayvanga tahdid qilish orqali olov bilan o‘ynashayotganini aytib, agar orolga hujum amalga oshirilsa, Amerika qurolli kuchlari vaziyatga aralashishini va’da qildi.
Sharqiy Osiyoga ilk tashrifi davomida Yaponiyada chiqish qilgan Bayden Pekindagi hukumatni Tayvan bilan munosabatlardagi siyosati orqali «xavfli o‘yin olib borish»da aybladi.
Baydenning so‘zlari, mintaqadagi vaziyatni kuzatib boruvchi mutaxassislarning fikricha, «yagona Xitoy» siyosatiga (Pekindagi hukumatni mamlakatning yagona legitim hukumati deb bilish) amal qiluvchi Vashingtonning rasmiy pozitsiyasiga zid keladi.
Shu bilan birga Qo‘shma Shtatlar Tayvanni qo‘llab-quvvatlaydi va rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, unga qurol-yarog‘ sotadi.
Xitoy Tayvanni o‘zining ajralib chiqqan provinsiyasi deb hisoblaydi, Tayvan esa mustaqil davlat ekanini da’vo qiladi. Tayvanning o‘z konstitutsiyasi, armiyasi va saylangan hukumati mavjud.
Ma’lumot uchun, Xitoyda fuqarolar urushi (1946—1949) natijasida Xitoy Kommunistik partiyasi mamlakatning materik qismida g‘alaba qozongan, Xitoy Respublikasining o‘sha paytdagi prezidenti Chan Kayshi boshchiligidagi oldingi rahbariyat Tayvanga qochib ketgan. Urush natijasida Xitoy ikkiga bo‘linib ketdi: birinchisi hozirgi kunga kelib jahonning yetakchi kuchlaridan biriga aylangan XXR, ikkinchisi esa 15 davlat tomonidan tan olingan Tayvandagi Xitoy Respublikasi. Natijada bir-birini tan olmaydigan ikkita Xitoy hukumati yuzaga kelgan.
Bayden yaponlar bosh vaziri Fumio Kisida bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi. «Ular hozirda bu qadar yaqindan uchib va bu barcha manyovrlarni amalga oshirgan holda xavfli o‘yin o‘ynashmoqda», dedi AQSH prezidenti Xitoy harbiy samolyotlari Tayvan havo hujumidan mudofaa tizimi zonasiga kirgani haqidagi xabarlarni nazarda tutgan holda.
Baydenning qo‘shimcha qilishicha, xitoyliklarning Tayvanga bostirib kirishi kutilmayapti, ammo voqealarning keyingi rivoji «dunyo bu kabi voqealarga qanchalik tanbeh ko‘zi bilan qarashi»ga bog‘liq bo‘ladi.
Baydendan to‘g‘ridan to‘g‘ri agar Xitoy Tayvanga hujum qilsa, AQSH qanday yo‘l tutishi borasida so‘rashgan. Bayden AQSH Tayvanni bosqindan himoya qilishga qanchalik tayyorligi to‘g‘risidagi savolga shunday javob qaytargan: «Ha ... bu biz o‘z zimmamizga olgan majburiyat».
1979 yilda AQSHda «Tayvan bilan munosabatlar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilingan, unga ko‘ra, Vashington «yagona Xitoy» siyosatiga amal qiladi, ammo Tayvan hukumatiga zarur holda o‘zini mudofaa qilish vositalari yetkazib berish majburiyatini oladi.
Keyinroq Oq uy vakili Baydenning so‘zlari Amerikaning Xitoy va Tayvan munosabatlaridagi rasmiy pozitsiyasi o‘zgarishini anglatmasligini bildirdi.
Rossiyaga qarshi sansiyalar - Xitoyga saboq
Bayden AQSH «yagona Xitoy» siyosatiga roziligi, ammo orolning maqomi kuch bilan o‘zgartirilishi mumkin emasligini ta’kidladi.
«Biz yagona Xitoy siyosatiga qo‘shilamiz. Biz uni va undan kelib chiqadigan barcha kelishuvlarni ma’qullaganmiz. Ammo [Tayvanni] kuch bilan olish mumkinligi haqidagi fikr… shunchaki noo‘rin. Bu butun regionni larzaga soladi va Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarga o‘xshash navbatdagi aksiya bo‘ladi», degan Jo Bayden.
Amerikaliklar prezidenti Tayvan atrofidagi vaziyatni bevosita Ukrainaniki bilan bog‘lab, Putin «Ukrainaning o‘zligini yo‘q qilish»ga uringanini aytdi.
Xitoy harbiy samolyotlari tez-tez Tayvan havo kengligini buzib kiradi. Foto: Getty Images
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar mojaroning harbiy qismi yakunlanganidan keyin ham uzoq vaqt davomida kuchini saqlab qolishi va bu jumladan Pekinga ham dars bo‘lishi kerak.
Agar Rossiya va Ukraina kelishuvga erishsa va Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor bo‘lsa, «Xitoyga Tayvanni kuch bilan egallashga urinishning to‘lovi bo‘yicha qanday signal beriladi?» deya savol qo‘yadi Bayden.
Uning qayd etishicha, Putin Ukrainaga bosqini uchun to‘lov qilishga majburlanishi nafaqat Rossiyani jazolash, balki boshqalarga, jumladan Xitoyga ham Amerika va uning ittifoqchilari xalqaro munosabatlarni bir tomonlama o‘zgartirish uchun kuch ishlatishga toqat qilmasligi haqida aniq signal yuborish hisoblanadi.
Pekin allaqachon Bayden Tayvan atrofidagi vaziyat va Rossiyaning Ukrainaga bosqini orasida parallel o‘tkazishidan noroziligini bildirib bo‘ldi. XXR tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekani va bu borada hech qanday murosaga o‘rin yo‘qligini ta’kidladi.
«Xitoy Amerika tomonining bayonoti munosabati bilan keskin norozilik va qat’iy protest bildiradi. Tayvan Xitoyning ajralmas qismi hisoblanadi. Tayvan masalasi va Ukraina masalasi bir-biridan tubdan farq qiladi. Ularni solishtirish absurd. Biz yana bir bor AQSHni yagona Xitoy siyosatiga rioya etishga chaqiramiz», degan Van Venbin.
Jo Bayden avvalroq ham Tayvanni qo‘llab-quvvatlash niyati haqida ma’lum qilgandi. O‘shanda Vashington Tayvanga urush bilan tahdid qilgan Pekinning bayonotini qattiq xato deb atagan va bu keskinlik o‘zaro to‘qnashuvga aylanmasligi kerakligini ta’kidlagandi.
Xitoy Tayvanni mustaqillik uchun har qanday harakat urushni anglatishidan ogohlantirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda