Eronda 10 qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor

Eronda 10 qavatli bino qulab tushdi, qurbonlar bor
Foto: Anadolu Agency
Eronning Huziston viloyatida 10 qavatli bino qulab tushishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi va 25 kishi jarohat oldi. Bu haqda Eron favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili Mujtabo Xolidiy ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, gap Obodon shahrining Telenji Amiriy kvartalidagi «Obodon Metropol» biznes-markazida qurilayotgan bino haqida bormoqda.

Xolidiyning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Vayronalar ostida 80 kishi qolgan deb taxmin qilinmoqda. Bino egasi va pudratchisi hibsga olingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar