Foto: Ek-tel
Joriy yilning birinchi choragida Rossiyaga «knopkali telefon»larni yetkazib berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43 foizga o‘sdi va 3,5 mln qurilmaga yetdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Shu bilan birga, smartfonlar yetkazib berish 14 foizga qisqarib, 6,8 mln donani tashkil qildi.
GS Grup tahliliy markazi rahbari Aleksandr Surkovning so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyida Rossiyaga smartfon yetkazib berish o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga teng bo‘lgan, fevralda esa «knopkali» telefonlar importi ko‘paygan.
Mart oyida ikkala toifadagi telefonlar hajm keskin pasayib, jami 1,6 mln donani tashkil etdi, bu o‘tgan yillarga nisbatan bir yarim-ikki baravarga kam.
- Bugungi kunda smartfonlar va «knopkali» telefonlar sotuvidagi nisbatga ko‘proq iste’molchi bo‘lmagan omillar ta’sir ko‘rsatadi: logistika beqarorligi, brendga sodiqlik, — dedi Aleksandr Surkov.
Ma’lum bo‘lishicha, butun dunyo bo‘ylab xarid qobiliyatining pasayishi sabab bu turdagi telefonlar butunlay bozordan chiqib ketishi ham mumkin.
Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng ba’zi xorijiy smartfon brendlari o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatdi. Ular orasida ushbu bozorning eng yirik kompaniyalari Apple va Samsung ham bor edi.
Bundan tashqari, logistika va narxlar bilan bog‘liq muammolar tufayli Xitoyning Xiaomi, Huawei va Oppo kompaniyalarining jo‘natmalari mart oyi boshida deyarli ikki baravar qisqardi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi