Foto: EPA
Donbassdagi vaziyat — «taxmin qilinganidek, juda og‘ir», dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, dushman mintaqaga «maksimum artilleriya, maksimum zaxiralar»ni yo‘naltirgan, deb yozadi «RBK».
«Yerimizni bugungi kunda mavjud bo‘lgan mudofaa resursi imkon beradigan darajada himoya qilyapmiz, — deb yozdi davlat rahbari o‘z Telegram-kanalida. — Va uni kuchaytirish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz».
Bir necha kun avval Zelenskiy Donbassdagi juda og‘ir vaziyat haqida gapirgan, Ukraina qurolli kuchlari hujumga qarshi turganini ta’kidlagan edi.
Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainada «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya» (qurolsizlantirish va natsizmni yo‘q qilish) bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Aprel o‘rtalarida Moskva uning ikkinchi bosqichi boshlanganini, bunda rossiyalik harbiylar Donbassni va Ukrainaning janubiy qismini nazorat ostiga olishini ma’lum qilgandi.
Hozirgi paytda Rossiya harbiylari hamda DXR va LXR Xalq militsiyasi kuchlari Xerson viloyatini, Zaporoje viloyatining katta qismini, shuningdek, Xarkov viloyatining bir nechta aholi punktlarini nazorat qilmoqda.
20 may kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Mariupoldagi «Azovstal» zavodi nazorat ostiga olingani haqida prezidentga hisobot berdi, u yerdan 2,4 mingdan ortiq ukrain harbiylar chiqdi, ular 90 kundan ziyod vaqt mobaynida mudofaani saqlab turgan, zavod shaharda Ukraina qurolli kuchlarining so‘nggi qarshi turish o‘chog‘i bo‘lgan edi.
Shundan keyin, 23 may kuni Donetsk viloyatining ba’zi tumanlarida Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalariga faol hujum harakatlari qayta boshlangani ma’lum qilindi va ertasi kuni Svetlodarsk, keyinroq Krasniy Liman nazorat ostiga olingani aytildi.
25 may kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya harbiylari va LXR kuchlari Lisichanskka kirganini, 27 may kuni esa Severodonetskda tutashuv liniyasi ustidan nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...