21:18 / 28.05.2022
975

Gucci brendi 950 dollarlik smart-uzugini taqdim etdi

Gucci brendi 950 dollarlik smart-uzugini taqdim etdi
Foto: Gucci
Gucci brendi Oura texnologik kompaniyasi bilan hamkorlikda yurak urishi, tana haroratini kuzatish va boshqa ko‘plab funksiyalarga ega «aqlli» uzukni taqdim etdi, deb xabar beradi Engadget. Uzuk og‘irligi to‘rt grammni tashkil etadi.

Smart-uzuk yurak urushi, nafas olish chastotasi va tana haroratini kuzatib, foydalanuvchini stress darajasi ortgani yoki kasal bo‘layotgani haqida xabardor qila oladi. Taxminlarga ko‘ra, uzuk yurak urushini bilakka taqilgan «aqlli» soatlardan ko‘ra ancha aniq o‘lchaydi — bunga barmoqlardagi arteriyalar sababchi. Gadjet, shuningdek, kun davomidagi faollik hamda uyquni kuzatish imkoniga ega.

Foto: Gucci
Qurilmaning texnik jihatiga Oura kompaniyasi javob bergan, dizayni esa Gucci’niki. Gadjet korpusi «G» naqshlari bilan bezalgan bo‘lib, ular 18 qirotli sariq oltindan foydalanilgan holda qora sintetik korundan (mineral tosh) ishlangan. Uzuk uchun 950 dollar so‘ralmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gucci brendi 950 dollarlik smart-uzugini taqdim etdi