Foto: AP
YEIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ukrainadagi nizo uzoqqa cho‘ziladi deb hisoblamoqda.
"Biz chidashimiz kerak. Urush uzoq davom etadi, Rossiyaning tajovuzkorligi kuchaymoqda. Biz Ukrainani kurash vositalari bilan ta’minlashni va Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bosimni davom ettirishimiz kerak", - dedi u France Info radiosi efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "Rossiya iqtisodiyoti to‘xtay boshladi" va Moskvaga yanada bosim ko‘rsatilishi Kiyevni bo‘lajak tinchlik muzokaralarida manfaatli pozitsiya bilan ta’minlaydi.
Borrel shuningdek, sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.
"Bugun kunning ikkinchi yarmida bu masala bo‘yicha kelishuvga erishamiz deb o‘ylayman", - dedi u.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Ukrainadan g‘alla import qilish masalasini tezroq hal qilish zarurligiga e’tibor qaratdi.
"Ukrainada 20 mln tonna g‘alla saqlanmoqda. Uni yakuniy iste’molchilarga yetkazib berish zarur. Yangi hosil uchun omborlarni bo‘shatish kerak, aks holda uni saqlagani joy topilmaydi", - dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi