Urushning 98-kuni o‘tdi. Rossiya qo‘shinlari Donbassda hujumlarini davom ettirib, Slavyansk, Kramatorsk va Lisichansk tomon harakatlanmoqda. Ukraina tomoniga ko‘ra, rossiyaparast kuchlar allaqachon Severodonetskning 80 foizga yaqinini egallab olgan va u yerdagi shaharlarda janglar davom etmoqda. Meduza Donbass uchun janglarning borishini o‘zida aks ettirgan suratlarni jamladi.
O‘qqa tutishlardan so‘ng Bahmut yaqinidagi pista ombori yonib ketdi. Ombor front chizig‘iga yaqin masofada joylashgan, rus qo‘shinlari shaharga yaqinlashmoqda.
Foto: EPA
Nogironlar aravachasidagi keksa ayol Dneprga olib boruvchi evakuatsiya poyezdiga chiqarilmoqda. Bu poyezd Donetsk viloyatining Pokrovskoye qishlog‘idagi vokzaldan jo‘naydi, u yerga ukrainalik ko‘ngillilar har kuni yuzlab tinch aholini front chizig‘idagi aholi punktlaridan olib keladi.
Foto: Sopa Images
Donetsk viloyatidan bo‘lgan keksa ayol Dneprga olib boruvchi evakuatsiya poyezdida.
Foto: Getty Images
Donetsk viloyati aholisi evakuatsiya poyezdida.
Foto: Getty Images
Ukraina politsiyasi Donetsk viloyatining Marinka shahridagi maktabda.Uning vazifasi — maktab binosida xavfsiz joyga evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mahalliy aholi bor-yo‘qligini tekshirish.
Foto: Reuters
Soledar shahrida yashovchi qariya otishmada halok bo‘lgan ayolning jasadi yonida. Urushdan oldin shaharda 11 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan, hozir deyarli kimsasiz. Soledar sharqiy front chizig‘idan taxminan besh kilometr uzoqlikda joylashgan va rus artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilmoqda: shahar qamaldagi Severodonetskdan chiquvchi yo‘l bo‘yida joylashgan.
Foto: AFP
Slavyanskda yashovchi Sergey Tarasyuk raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uyining xarobalari orasida. Tarasyukning o‘zi tirik qolgan, chunki u tunda mehmonxonasida uxlagan edi. Rossiya qo‘shinlarining Slavyanskka hujumi davom etmoqda.
Foto: AFP
Lugansk viloyatining Rubejnoy shahri uzra ko‘tarilgan tutun. Urushga qadar shaharda 60 mingga yaqin odam yashagan.
Foto: Reuters
Hozir Rubejnoy rossiyaparast kuchlar nazorati ostida. Rossiya propagandasi shahar «millatchilardan ozod qilingan»ini deb da’vo qilmoqda. Ukraina tomoni hudud deyarli yo‘q qilinganini ta’kidlamoqda.
Foto: Reuters
Rubejnoydagi ko‘chada ishdan chiqarilgan harbiy texnika.
Foto: Reuters
Rubijnoy shahridagi mahalliy aholi idishlarini suvga to‘ldirib olmoqda.
Foto: Reters
Ukraina harbiy xizmatchilari zirhli texnikada Slovyansk yaqinidagi frontni tark etmoqda.
Foto: AFP
Donetsk viloyatidagi front chizig‘ida ukrainalik askar patronlarni oboymaga joylamoqda.
Foto: Reuters Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi