10:25 / 03.06.2022
1 133

NASA olimlari doimiy ravishda yonib turuvchi va lava oqib turadigan sayyorani topdi

NASA olimlari doimiy ravishda yonib turuvchi va lava oqib turadigan sayyorani topdi
Foto: Pixabay
NASA Yerdan 50 yorug‘lik yili olisda 55 Cancri nomli sayyorani kashf qildi. U o‘z yulduziga juda yaqin joylashgan va shu sababli doimiy ravishda yonadi hamda lava oqimlari chiqarib turadi. «Phys.org» sayyoradagi sharoitlarni «do‘zax»ga qiyoslagan.

Sayyoradagi harorat metallar eriydigan issiqlikdan bir necha barobar katta, shu sababli sayyorada katta lava daryolari oqadi. Sayyoraning yulduzga yaqin qismida lavalar okeanlari bilan qoplangan.

«Yer ham Quyoshga hozirgidan yaqinroq bo‘lgani ahvol qanday kechishini bir tasavvur qilib ko‘ring: yil bir necha soat davom etardi, gravitatsiya tufayli yarimsharning bittasida doimo kun kuzatilardi, ikkinchisida esa tun hukmron bo‘lardi, okeanlar qaynar, toshlar erib ketar, bulutlardan esa lava yog‘ardi», — degan astronomlar.

55 Cancri hamda uning yulduzi orasidagi masofa 2,4 million kilometrni tashkil qiladi. Astronomlar sayyorani kuzatishda davom etadi: tadqiqotlar davomida uning aylanishi, atmosferasi bor yoki yo‘qligi va eng qaynoq nuqtasi qaysi qismida joylashganini aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA olimlari doimiy ravishda yonib turuvchi va lava oqib turadigan sayyorani topdi