Rossiyada jurnalistlar Aleksey Pivovarov va Oleg Kashin «xorijiy agentlar» deb e’lon qilindi

Dunyo1 daqiqa o'qish1.1K
Rossiyada jurnalistlar Aleksey Pivovarov va Oleg Kashin «xorijiy agentlar» deb e’lon qilindi
Foto: DW
Rossiyada yana olti kishi ommaviy axborot vositalari - «xorijiy agentlar» sifatida tan olindi. Tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin jismoniy shaxslar - «xorijiy agentlar» ro‘yxatiga kiritildi.

Rossiya Adliya vazirligi 3 iyun, juma kuni ommaviy axborot vositalari - «xorijiy agentlar» reyestriga yana olti kishini, jumladan, jurnalistlar Oleg Kashin va Aleksey Pivovarovni kiritdi. Bundan tashqari, yangilangan ro‘yxatga tarixchi Mixail Sokolov, rassom Yuliya Svetkova, siyosatshunos Nikolay Petrov va faol Irina Danilovich qo‘shilgan.

Shuningdek, idora «xorijiy agent» funksiyalarini bajaruvchi jismoniy shaxslar ro‘yxatini yangiladi. Ushbu reyestrga «Yevroset» uyali telefonlar do‘konlari tarmog‘ining sobiq egasi bo‘lgan tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin kiritildi. Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Chichvarkin Ukrainadan mablag‘ olib, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Rossiyada «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi qonunchilik 2012 yilda paydo bo‘lgan. O‘shandan beri 450 ga yaqin tashkilot va jismoniy shaxslar taqiq ro‘yxatiga kiritilgan. Jismoniy shaxslar - «xorijiy agentlar» reyestri aprel oyi boshida ishga tushirildi va NNTlar - «xorijiy agentlar», ommaviy axborot vositalari - «xorijiy agentlar» hamda ro‘yxatdan o‘tmagan tashkilotlar - «xorijiy agentlar» ro‘yxati bilan bir qatorda to‘rtinchi ro‘yxatga aylandi.

Aprel oyi oxirida davlat dumasi «xorijiy agentlar» to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi. U hozirda mavjud reyestrlarni bittaga birlashtirishi kerak. Agar qonun qabul qilinsa, u rasmiylarga xorijdan mablag‘ olmagan, biroq «qo‘llab-quvvatlash yoki xorijiy ta’sir ostida bo‘lgan» shaxslarga «xorijiy agent» maqomini berish imkonini taqdim etadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?