08:00 / 05.06.2022
1 200

Bayden Maskning AQSH iqtisodiyoti haqidagi tanqidiga javoban Oyga parvoz qilishda omad tiladi

Bayden Maskning AQSH iqtisodiyoti haqidagi tanqidiga javoban Oyga parvoz qilishda omad tiladi
Foto: AP Photo
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask AQSH iqtisodiyoti borasida «ko‘ngli yomon narsalarni sezayotgani» haqida ma’lum qilgach, AQSH prezidenti Jo Bayden unga «Oyga parvoz qilishda omad» tiladi. Bu haqda «RBK» xabar bermoqda.

Avvalroq Reuters Maskning Tesla xodimlariga qaratilgan bayonotini e’lon qilgandi. Unda tadbirkor AQSH iqtisodiyoti bo‘yicha «ko‘ngli yomon narsalarni sezayotgani»ni va xodimlarning 10 foizini qisqartirishga majbur bo‘layotganini aytgan. «E’tibor bering, bu avtomobil, akkumulatorlar ishlab chiqaradiganlar va quyosh batareyalarini o‘rnatadiganlarga taalluqli emas», — deya aniqlik kiritdi Mask elektron xatida. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil oxirida Tesla va uning sho‘’ba kompaniyalarida qariyb 100 ming kishi ishlayotgan edi.

Iqtisodiy vaziyatga bag‘ishlangan matbuot anjumani chog‘ida jurnalistlar Baydendan Tesla asoschisining AQSH iqtisodiyoti borasidagi fikriga qanday qarashi haqida so‘radi.

«Ilon Mask bu haqda gapirayotgan paytda Ford investitsiyalarini oshirmoqda, yangi elektromobillar yaratishga 6 ming nafar yangi xodimni jalb qilmoqda… Sobiq Chrysler, hozirgi Stellantis korporatsiyasi ham elektromobillarga investitsiyalarni ko‘paytirmoqda. Intel kompyuter chiplari ishlab chiqarish uchun 20 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratmoqda. Shunday ekan, unga (Ilon Mask)ka Oyga sayohatida omad tilayman», — deya javob qildi AQSH prezidenti.

Mart oyida AQSHda yillik inflyatsiya 8,5 foizga yetdi, bir oy avval u 7,9 foizga teng edi. Ushbu ko‘rsatkich 1981 yil dekabridan buyon rekord raqamga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Maskning AQSH iqtisodiyoti haqidagi tanqidiga javoban Oyga parvoz qilishda omad tiladi