Foto: «politeka.net»
Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel iste’foga chiqqanidan so‘ng birinchi katta intervyu berdi.
7 iyun kuni Der Spiegel jurnalisti Aleksandr Ozang bilan suhbatda Merkel Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini keskin qoraladi va Vladimir Putinning maqsadlari haqida gapirdi.
Merkel Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini katta xato deb atadi.
«Bu xalqaro huquqqa zid va oqlab bo‘lmaydigan shafqatsiz hujum», — dedi u. Germaniyaning sobiq kansleri fikricha, «Putinning nafrati» G‘arb demokratik modeliga qarshi qaratilgan.
«U Yevropani yo‘q qilmoqchi. Yevropa Ittifoqini yo‘q qilmoqchi, chunki u bunda NATO sari birinchi qadamni ko‘radi», deb hisoblaydi Merkel xonim.
Shuningdek, Merkel nega NATOning sharq tomon kengayishi va 2008 yilda Ukraina va Gruziyaning ittifoqqa qabul qilinishiga qarshi chiqqanini ham tushuntirdi.
«Bu biz hozir biladigan Ukraina emas edi. U Yanukovich va Yushenko o‘rtasida siyosiy jihatdan bo‘lingan edi. Bu ichki demokratik jihatdan barqaror mamlakat emas edi», deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi